Bosh vazir o‘rinbosari Shahrisabz tumanida bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova boshchiligida Shahrisabz tuman hokimligida xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan alohida individual suhbatlar olib borish, ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarga berilayotgan himoya orderlari masalasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi rahbari Z.Aminova, viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari A.Allanazarov va Z.Rustamovalar, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi vakillari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, IIB profilaktika inspektorlari hamda tuman xotin-qizlar faollari qatnashdilar.
Unda har bir mas’ul bo‘yicha vazifa belgilandi va kelgusida bunday holatlarning oldini olishda hamkorlik tizimini yanada kuchaytirish, viloyatda salbiy holatlarni kamaytirish va bu tajribani ommalashtirish vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan har qanday ma’sul kechirilmasligi takidlab o‘tildi.