21 Avgust 2025 yil 106

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligida Prezidentning 18.08.2025 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-253-son qarori bilan tasdiqlangan “Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli choralar” Konsepsiyasi ijrosini ta’minlanlash yuzasidan Qashqadaryo viloyatida o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarida, Bosh prokuratura, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimlari, oxirgi besh yil davomida kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan "qizil" toifaga kiritilgan Ko‘kdala tumanidagi "Oltin dala", Shahrisabz shahridagi "Pillakashlik", Yakkabog‘ tumanidagi "Jambul", Qarshi shahridagi "Paxtazor" mahallalari yettiligi, ushbu mahallarlarga biriktirilgan mas’ullar ishtirok etdilar.

Seminarda mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratish ta’kidlab o‘tildi.

- Mahallalarda alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlar hamda manzilli choralar bilan ilmiy-amaliy yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va xavfsiz muhitni yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanishi;

- Konsepsiyaga ko‘ra, tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig‘i va prokurorning xizmat xonasi 2025 yil yakunigacha bevosita mahallada tashkil etilib, kundalik ishining boshlanishi va yakuni aynan o‘sha yerda amalga oshirilishi;

- Mahallalarda bosqichma-bosqich mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi;

- Ijtimoiy profilaktika obyektlari, ayniqsa, oila-turmush doirasida huquqbuzarliklar sodir etuvchi shaxslarning (janjalkash va nizoli oilalar) holidan majburiy ravishda kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi;

- Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasida “mahalla yettiligi” tomonidan fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boruvchi “mahalla targ‘ibotchisi” jamoatchilik guruhlari tashkil etilishi;

- Mahalladagi jamoat joylari, ko‘p qavatli turarjoy va uylar oldida “tashvish” tugmalari o‘rnatilishi yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni sun’iy intellektda ishlovchi maxsus dasturiy ta’minotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olish, joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qo‘riqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qo‘riqlash qamrovini esa 60 foizga yetkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech