“Bizning faxrimiz”
Viloyat IIB tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik g‘oyasida tarbiyalash, sportga bo‘lgan qiziqishinii oshirish maqsadida viloyat IIB TVBSO xodimi serjant Olim Nomurodov tahsil olgan Qarshi tuman 19-sonli maktabda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati, Faxriylar kengashi, maktab o‘qituvchisi va o‘quvchilari hamda ommaviy axborot vositlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan podpolkovnik Shermuxammad Muslimov, iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov va boshqalar Olim Nomurodovning sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha erishgan yutuqlari to‘g‘risida yoshlarga atroflicha ma’lumotlar berishdi.
Yoshlar bilimda va sportda qishloqdoshlaridan o‘rnak olishi, Vatanga va yurtga sadoqat bilan xizmat qilishi lozimligi Olim Nomurodov misolida ishtirokchilarga tushuntirildi.
Yakunda sportchining yutuq va g‘alabalari aks etgan “Bizning faxrimiz” nomli stend ibrat lavhasi sifatida maktabiga qo‘yildi.