"Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida tadbir o'tkazildi
Bizga ma'lumki, 25 noyabr Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida bir qator tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.
27 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Ko'kdala tumanida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida tadbir tashkil qilinib, tadbirda Qashqadaryo viloyati Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Qashqadaryo hududiy bo'limi direktori Kamuna Ismoilova, hududiy bo'lim psixologi Dilnoza Raximova, hududiy bo'limi yuristi Nodir Xolmurodov, Chiroqchi tuman IIB HPB XQMB katta inspektori leytenant Dilnoza Boymurodova ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so'zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda ayollar va voyaga yetmagan yigit qizlarga nisbatan o'tkazilayotgan tazyiq va zo'ravonlikni oldini olish, ularni bartaraf etish yo'llari va chora tadbirlari haqidagi keng ko'lamli tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida ularga tazyiq va zo'ravonlikdan himoyalash bo'yicha bir qancha qo'llanmalar tarqatildi.