"BIZ YОSНLАR GIYОHVАNDLIKKА QАRSНIMIZ"
Yoshlar oʼrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni salbiy taʼsirlardan saqlash, eng xavfli jinoyatlardan biri hisoblangan, insoniyat tomonidan «Аsr vabosi » deb tan olingan giyohvandlik illatiga qarshi kurash, ayniqsa oʼsib kelayotgan yosh avlodni bu illat domiga tushib qolishlarini oldini olish oldimizda turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Аfsuski, hozirgi kunda yoshlar orasida tarkibida giyohvandlik vositalari boʼlgan psixafaol dori vositalarini isteʼmol qilish holatlarining uchrab turishi hamda, yoshlarimizning ruxan va jismonan sogʼlom boʼlib yetishishlari, zamonaviy bilim va kasbga ega boʼlishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib berilgan boʼlishiga qaramay narkotik moddalar bilan bogʼliq jinoyatlarni sodir qilishlari va giyohvandlik yoʼliga kirib ketayotganligi achinarli holdir.
Yoshlar oʼrtasida ushbu illatning tarqalishiga yoʼl qoʼymaslik, giyohvandlik oqibatida sodir boʼlishi mumkin boʼlgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida koʼplab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chiroqchi tuman IIO FMB tomonidan tumandagi korxona tashkilot va muassasalar hamda mahallalarda «Yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqalishiga qarshi birgalikda kurashamiz» shiori ostida profilaktik tadbirlar oʼtkazilib kelinmoqda.
Аlbatta mana shunday tadbirlar, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqidagi tushuntirish-targʼibot ishlarining koʼplab oʼtkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Chiroqchi tuman 1-sonli IIB profilaktika inspektori katta leytenant Jahongir Ismatillaev