18 Aprel 2024 yil 356

Biz - erta nikohga qarshimiz!

Shahrisabz uman IIB JXX HPB XQMB inspektori, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Shahrisabz tuman bo‘limi rahbari, Shamaton MFY xotin-qizlar faoli hamkorlikda ushbu hududda joylashgan 12-maktabda erta nikohni oldini olish maqsadida maktabning 9-11-sinf qizlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Erta nikoh va uning oqibatlari bugungi kunda o‘ta dolzarb muammo hisoblanib, millionlab bolalarni ko‘z yoshlariga sabab bo‘layotganligi bunday erta turmushlarga chek qo‘yishni talab qilmoqda. 18 yoshdan kichik qizlarning erta turmush qurishiga milliy etnik urf-odatlar, kambag‘allik va erta homiladorlik majbur qilmoqda.

Tadbarda ta’kidlanganidek, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, erta nikoh qurgan oilalarning aksariyati hayotining ikkinchi yoki uchinchi yillaridayoq ajralib ketadi. Bunday holatlar yosh oilalarda ko‘pincha tibbiy, psixologik, ijtimoiy muammolar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

Erta homiladorlik nafaqat yosh ayolning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki ayolning ta’lim olishida, jamiyatdagi o‘z o‘rnini topishida to‘siq bo‘lib qolmoqda.

Tadbirda bu boradagi kamchiliklarni oldini olishda mahalla, ta’lim va oila hamkorligini yanada kuchaytirish, targ‘ibot tadbirlarining ta’sirchan usullaridan keng foydalanish lozimligiga qaratilgan bir qator takliflar bildirildi.

Text to speech