22 Fevral 2022 yil 715

Biz giyohvandlikka qarshimiz

Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida boʼlib oʼtgan oshkora muloqot ruhidagi yigʼilishda giyohvandlik kelajagimiz vorislari boʼlmish yoshlarni bu kabi jirkanch illatlardan himoya qilish, ogʼufurushlikning jirkanch oqibatlarini ular ongiga chuqurroq singdirish har bir fuqaroning insoniy burchi ekanligi viloyat IIB HPB xodimlari tomonidan ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi. Аmalga oshirilayotgan bu kabi saʼy-harakatlar zamirida yoshlarni har tomonlama yetuk, intellektula salohiyatli va sogʼlom qilib tarbiyalash gʼoyasi yotibdi. Shu bois, har bir fuqaro, qolaversa yoshlar oʼz tengqurlariga bu illatning salbiy oqibatlaridan ogoh etishi ularda tegishli huquqiy tushunchalarni shakllantirishga oʼz hissalarini qoʼshishi uqtirildi.
Ochiq muloqotda giyohvandlik moddalari va narkotik vositalarning gʼayriqonuniy aylanishi, zahri qotilni yoshlar orasida tarqalishi va oʼziga tobe qilishi borasidagi fikrlar oʼrtaga tashlandi. Viloyatda fuqarolar tomonidan giyohvandlik moddalarini ekish, saqlash va sotish kabi jinoyatlar tahlil etilib, bunga shart-sharoit yaratgan omillar aniq misollar asosida tushuntirildi.
Tadbirda talaba-yoshlarga mavzuga oid hujjatli filьm namoyish etildi.

Text to speech