12 Yanvar 2024 yil 406

“Biz yosh askarlarmiz”

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidagi “Yulduzcha” maktabgacha ta’lim tashkilotida BIZ YOSH ASKARLARMIZ bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda milliy armiyamiz, uning qudrati va imkoniyatlari, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash borasidagi mashaqqatli va sharafli xizmatlari hamda harbiylarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng, tarbiyachilar va bolajonlar tomonidan tayyorlangan harbiy mashq va boshqa sahna ko‘rinishlari, Vatan haqidagi she’rlar va qo‘shiqlar namoyish etildi. 

Ota –onalar va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati va tarbiyachilari ishtirok etgan tadbirda bolajonlar aytgan she’r va qo‘shiqlar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.

Text to speech