10 Sentyabr 2024 yil
397
“Biz donormiz!”
Bugun Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari “Biz donormiz!” shiori asosida beg‘araz donorlik aksiyasida ishtirok etishdi.
Qon topshirish nafaqat boshqalarga yordam, balki o‘z salomatligingizga ham foyda. Misol uchun, qon topshirish qon-tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi, tanada yangi eritrotsitlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va jismoniy holatni barqarorlashtiradi. Umuman olganda, ushbu savobli ish insonning emotsional holatiga ham ijobiy ta’sir qiladi va ijtimoiy faollikni yanada oshiradi.
Viloyat Qon markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan donorlik aksiyasida xodimlar muntazam sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarziga amal qilishi foydali ekanligi haqida tushunchalar berildi.