Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!
Ko‘kdala tumani
IIBda “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz,
birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostidagi maʼnaviyat marafoni davom
etmoqda.
Ma’naviyat marafoni doirasida “Bu
kitobni har bir inson o‘qishi kerak” g‘oyasi ostida tuman Ichki ishlar
xodimlari ishtirokida, kitoblar ko‘rgazmasi hamda mahorat darslarida ularning
oila a’zolari bilan kitobga qiziqish uyg‘otish maqsadida she’riyat kechasi
o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan xodimlarning oila a’zolariga va faxriylarga esdalik
sovg‘alar berildi.
Tadbirda ichki ishlar xodimlari kitoblar dunyosi va milliy tariximiz,
qadriyatlarimiz namunalaridan iborat ko‘rgazmadan bahramand bo‘lishdi.
“Kitobxondan kitobxonga” tamoyili asosida esa xodimlar o‘zlari sevib mutolaa
qilgan adabiyotlarga sharh berib, boshqalar ham albatta o‘qishlari uchun
tavsiya qilishdi. Tuman IIB faxriylari o‘z tajribalarini tadbir ishtirokchilari
bilan bo‘lishdi.