30 Iyun 2023 yil 352

Bitiruvchilarga yo‘riqnoma berildi

Qashqadaryo viloyati IIBda  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi ta’lim shaklining 2023 o‘quv yili bitiruvchi xodimlari bilan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashda xodimlarning xizmat vazifalari, majburiyatlari, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi bo‘yicha o‘tkazish yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati va IIV Akademiyasi bitiruvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov ochib, bitiruvchi yosh xodimlarni IIV Akademiyasini muvafaqqiyatli tamomlaganliklari bilan qutlab, ular lavozimlarga tayinlanguniga qadar Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ixtiyoridaligini, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashda xodimlarning xizmat vazifalari, majburiyatlari, xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etishlari to‘g‘risida ishtirokchilarga zaruriy tushunchalar berdi. Yosh xodimlar xalq manfaatlariga xizmat qilishni eng oliy burch deb bilishi, vijdonan xizmat qilishi, ularga malakali murabbiylar biriktirilishini, xizmat davomida ichki ishlar vazirligining amaldagi normativ hujjatlari asosida xizmat olib borishlarini, xizmat intizomi va qonun buzilishlarga yo‘l qo‘yilmasligini, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi talablarini mukammal bilishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Temur Bayjanov ichki ishlar organi xodimi tomonidan avtomashinani hujjatsiz boshqarmaslik, faoliyat jarayonida fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, pirovardida xalq manfaatlariga xizmat qilishni ustuvor bilish, faoliyat davomida tamagirlik va korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bugungi kun talabi ekanligini yig‘ilish  ishtirokchilari e’tiboriga yetkazdi.

Text to speech