15 Iyun 2024 yil 833

BITIRUVCHI, OQ YO‘L!

Amaldagi o‘quv yili yakuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, soha faxriylari, akademik litsey o‘qituvchilari, faxriylar, bitiruvchi yoshlarning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov ishtirok etib, mustaqil hayotga qadam qo‘ygan litsey bitiruvchilarni samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi o‘qish va ishlarida omad tilagan holda ta’lim dargohida olgan bilimlarini yanada mustahkamlab, kelgusida ichki ishlar organlari uchun munosib kadrlar bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mazkur o‘quv yilida akademik litseyni 189 nafar o‘quvchi-yoshlar bitirmoqda. Ulardan 142 nafari Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga, 12 nafari Jamoat xavfsizligi universitetiga, 2 nafari davlat Bojxona universiteti 23 nafari fuqarolik oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgani qayd etildi.
Yakunda litseyni bitirgan o‘g‘il-qizlarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech