23 Avgust 2021 yil 347

Onasini tunagan oʼgʼil bugun afsusda

2021 yil 22 avgust kuni soat 08:35larda Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIBga shaharning “Kat” MFYda yashovchi onaxon S.N. murojaat qildi. Murojaatda 2021 yil 21 avgust kuni soat 19:00larda oʼzi bilan birga yashovchi oʼgʼli Sh.Oʼ. bozordagi oziq-ovqat savdo-doʼkonini kirish eshigini buzib, 3.000.000 soʼm miqdoridagi pullarini oʼgʼirlab ketganligini bildirgan.
Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida oʼgʼri oʼgʼildan 1.500.000 soʼm pullar tegishli tartibda hujjatlashtirib olinib, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech