28 Mart 2020 yil 947

BIRNIKI MINGGА, MINGNIKI TUMАNGА

Bugun barcha elatlar qatori xalqimiz ham ogʼir sinovni boshdan kechirmoqda. Koronavirus pandemiyasi tufayli barcha fuqarolar uyda qolib, uni yengish uchun bahamjihatlikda harakat qilmoqda. Bugungi kun qahramonlari – shifokoru hamshiralar qatori ichki ishlar organlari xodimlari ham turli xil mish-mishlarga barham berish, shaharlararo va tumanlarao bordi-keldining oldini olish, niqobsiz harakatlanish va narx-navoning asossiz oshib ketishini oldini olish maqsadida joylarda tunu kun xizmat qilmoqda.
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik F.Raxmatov tomonidan yaqinda Gʼuzor tumanidagi deqkon bozori va savdo markazidagi mahsulotlarning narxlari va zahiralari, dorixonalar, ulardagi zahira dori-darmonlar hamda "Pachkamar" blok posti tekshirib chiqilib, unda xizmat oʼtayotgan ichki ishlar organlari va sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlariga maqsadli va manzilli yoʼriqnomalar berildi.
Oʼz vazifasini vijdonan bajarib, favqulodda vaziyatda boshqalarga oʼrnak boʼlayotgan Gʼuzor tuman Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazining 10 nafar xodimiga tuman ichki ishlar boʼlimi rahbariyati tomonidan maqsadli ragʼbatlantirildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech