5 Sentyabr 2022 yil 356

Birinchi qoʼngʼiroq

Davlatmiz mustaqiligining 31 yilligi tantanalari shukuhi kezib yurgan mamlakatmizda bugun barcha umumtaʼlim maktablarida bilimlar kuni va birinchi qoʼngʼiroq tadbirlari boʼlib oʼtmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati "Nurli maskan"da tashkil etilgan tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi va maktab pedagogik jamoasi ishtirok etishdi.

Tadbirda soʼz olganlar barcha oʼquvchi va qatshnashchilarni mustaqillik bayrami va yangi oʼquv yili boshlanishi munosabati tabrikladi. Oʼquvchilar kelgusida oʼz bilimi bilan Vatan ravnaqiga oʼz hissalarini qoʼshishiga ishonch bildirishdi.

Tadbirda maktab oʼqituvchilari va oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna koʼrinishlari ishtirokchilarga namoyish etildi.

Tadbir yakunida boshqarma jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Xidoyat Toʼraeva ilk maktab ostonasiga qadam qoʼygan 24 nafar 1-sinf oʼquvchilari bilan “Mustaqillik darsi” oʼtdi. Unda xalqimiz istiqlolni qoʼlga kiritishi, bu mashaqqatli yoʼlda istiqlol uchun kurashgan buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyati haqida qimmatli maʼlumotlar, oʼquvchilarda oʼzgacha taassurot qoldirdi

Text to speech