15 Aprel 2024 yil 723

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

IIV Qashqadaryo akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Unda IIV Qorovul qo‘shinlari 7533-harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi 1-jangovar guruh katta mutaxassis-feldsheri, 3-darajali serjant Muhammad Jo‘raqulov litsey o‘quvchilariga tan jarohati olgan fuqarolarga, suvda cho‘kkanlarga, biror a’zo singanda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tdi. Favqulodda holatlarda fuqarolarni evakuatsiya qilish va jarohatlarni jgut bilan bog‘lash usullarini atroflicha tushuntirdi.
Savol javoblar asosida bo‘lib o‘tgan o‘quv mashg‘ulotidan o‘quvchilarning bilimlari yanada boyidi.

Text to speech