21 Fevral 2023 yil 286

Bir million so‘mga sotilgan marixuana

Giyohvandlik moddalari va narkotik vositalarini saqlash, tashish va sotish qonunda taqiqlangan bo‘lib, eng jirkanch va og‘ir jinoyatlardan hisoblanadi. Ammo ayrim shaxslar mo‘may daromad ilinjida ana shunday jirkanch ishlardan tap tortmayapti. Jumladan, “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurash” oyligi doirasida Dehqonobod tumanida o‘tkazilgan tadbirda yana bir og‘ufurushning kirdikorlari fosh etildi.

Joriy yil 17 fevral kuni Qarshi shahrida yashovchi N.A. Dehqonobod tumani “O‘zbekiston” MFYda joylashgan choyxonada “spichki” yozuvli ikki dona gugurt qutilaridagi marixuana giyohvandlik moddasini 1 million so‘mga sotayotganda ushlandi. “Marixuana” giyohvandlik moddasining jami sof og‘irlig‘i 6,5 grammni tashkil etdi.

Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech