2 Fevral 2021 yil
922
BIR JINOYАT MUHOKАMАSI
Yaqinda Kitob tumanida roʼy bergan jinoyat yuzasidan muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB, tuman hokimligi, prokuraturasi, IIB rahbarlari, mahalla faollari va jinoyat sodir etgan shaxsning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muhokama yigʼilishida soʼzga chiqqanlar oila turmush doirasida sodir etilgan bu jinoyatni yuzaga keltirgan sabab va omillarni atroflicha tahlil etishdi. Bunday salbiy holatlar qayta takrorlanmasligi uchun mahallaning masʼul mutasaddilari ogohlik va hushyorlikni oshirishi lozimligi qayd etildi.
Tanqidiy ruhda oʼtgan yigʼilishda oʼz vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondoshgan soha vakillari qattiq ogohlantirildi.