27 Dekabr 2020 yil 508

Bir guruh xodimlar rag`batlantirildi

Yangi yil bayrami arafasida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida vohada jinoyatchilikning oldini olish, roʼy berganlarini “issiq izlar”da fosh etish, pandemiya sharoitida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash bilan birga ichki ishlar organlari tizimida oʼtkazib kelayotgan sport musobaqalarida gʼoliblikni qoʼlga kiritib kelayotgan bir guruh xodimlarni ragʼbatlantirishga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Koʼlami keng yigʼilishni viloyat IIB boshligʼi polkovnik Shuxratjon Satvoldiev ochdi.

Oʼz xizmat vazifalariga sidqidildan yondoshib, jinoyatchilikning har qanday koʼrinishiga qarshi kurashishda mardlik va fidoyilik namunalarini koʼrsatgan, karantin tadbirlarida faol ishtirok etib, joylarda jamoat xavfsizligi va ommaviy tadbirlarda tartibsizliklarni oʼz vaqtida oldini olgan hamda respublika va viloyat miqyosida oʼtkazilgan sport musobaqalarida faxrli oʼrinlarni qoʼlga kiritgan xodimlar nafaqat ichki ishlar organlari balki viloyatimiz faxri ekanligi qayd etildi.

 2020 yilning oktyabrь oyida “Аralash jang sanʼatlari” sport turi boʼyicha oʼtkazilgan Oʼzbekiston Respublikasi kubogi chempionatida faxrli 1-oʼrinni, 23-27 noyabrь kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʼrtasida Qarshi shahrida oʼtkazilgan musobaqada
2-oʼrinni,  13-18 dekabrь kunlari Xorazm viloyatida oʼtkazilgan  “Qoʼl jangi” sport turi boʼyicha Respublika birinchiligi musobaqasida 3-oʼrinni, 19-20 dekabrь kunlari Qashqadaryo viloyatida oʼtkazilgan “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasida faxrli 1-oʼrinni egallaganligi uchun Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadining bir guruh xodimlari viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Tashakkurnomasi”, qimmatbaho sovgʼalari va pul mukofotlari bilan munosib ravishda taqdirlandilar.

Text to speech