22 Aprel 2024 yil 417

“Bir dala - bir mahsulot” tamoyili amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 yanvardagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-15-son Farmoni ijrosi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov Qarshi tumani “Shodlik” mahallasida yashovchi 20 nafar uyushmagan yoshlar yoshlarga yer ajratilishi va ekin ekish ishlarini boshlash jarayonida ishtirok etdi.
Yoshlar bilan suhbat davomida “Bir dala - bir mahsulot” tamoyili asosida 20 nafar yoshga 3 gektar yer bo‘lib berildi. Ajratilgan yerga ekishlari uchun pomidor ko‘chati tarqatildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech