18 Iyul 2023 yil 245

Bilsa hazil, bilmasa...

2023 yil 18 iyul kuni soat 01:08da viloyat IIB 102 xizmatiga Qarshi shahar 3-mitti tumanda yashovchi S.N. murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan “Labo” rusumli avtomashinasini noma’lum shaxs olib qochganligini bildirgan. Qashqadaryo viloyati IIB YHXB va Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu avtomashina Qarshi shahar Mustaqillik ko‘chasida to‘xtatilib, hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Avtomashina egasiga soz holda qaytarildi. 

Surishtiruvlar davomida avtomashinani Qarshi tumanida yashovchi M.J. olib qochganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan M.J. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech