3 Aprel 2024 yil
404
Bilsa hazil, bilmasa ...
Dehqonobod tumani “Bibiqorasoch”
MFYda yashovchi Q.F. voyaga yetmagan
farzandlari moddiy ta’minotini qilmasdan bilsa hazil, bilmasa chin qabilida
qochishni afzal bildi. Natijada unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Ammo
Dehqonobod tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari
natijasida qochoq Q.F. 2024 yil 31-mart kuni Toshkent viloyati Olmaliq tumani
hududidan ushlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi
1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.