BILIMLAR KUNI VA BIRINCHI QO‘NG‘IROQ TADBIRLARI
Birinchi qo‘ng‘iroq va bilimlar kuni munosabati Qashqadaryo viloyatida madhiya sadolari ostida yurt bayrog‘i ko‘tarilib, umumta’lim maktablari o‘quvchilarni o‘z bag‘riga oldi. Ayni damda ta’lim dargohlari bolalar gavjum.
Qarshi shahridagi viloyat IIB tasarrufiga olingan 44-umumta’lim maktabida ham yangi o‘quv yili ochilishiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov so‘zga chiqib, “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g‘oya asosida nishonlangan mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami va yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan barchani qutlab, o‘quvchilarga o‘qishlarida omad tiladi.
Bu yilgi o‘quv jarayonida ham o‘quvchilar bilimda va kitobxonlikda, bilimlar bellashuvi va sport sohalarida yangi marralarni zabt etishiga ishonch bildirdi.
Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirda o‘quvchilarga xalqimizning mustaqillikni qo‘lga kiritishi, ozodlik va erk uchun kurashgan fidoyi mard o‘g‘lonlar hayoti to‘g‘risida o‘quvchilarga keng qamrovda tushunchalar berildi.