21 Sentyabr 2021 yil 990

Bezorilik sodir etgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi


Qarshi shahar, I.Karimov koʼchasida joylashgan “Dori-darmon” MChJga qarashli dorixona roʼparasida 2021 yil 20 sentyabr kuni soat taxminan 22:20lar atrofida Qarshi shahar “Shoʼrtan” MFYda yashovchi Х.I. oʼzining oldindan tanishi boʼlgan Qarshi shahar Navo MFYda yashovchi L.А. va Gʼ.D.lar bir-birini haqoratlab, baqirib yon-atrofdagi fuqarolar tinchligini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan oʼzaro janjal qilayotgan vaqtida, viloyat IIB PPXB xodimlari fuqarolar oʼrtasida oʼzaro janjal sodir boʼlayotganligini koʼrib, jamoat tartibini saqlash hamda oldini olish maqsadida fuqarolarni oldiga borgan.
Janjal qilayotgan fuqarolar L.А., X.I. va Gʼ.D lar VIIB PPX xodimlarini qonuniy talabiga boʼysunmasdan, ichki ishlar organlari xodimlari xizmat kiyimini yirtib, qoʼlini tishlab faol qarshilik koʼrsatgan.
Mazkur holat yuzasidan 21.09.2021 yilda Jinoyat kodeksining
219-moddasi 2-qismi va 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, L.А. X.I. va Gʼ.D.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilindi. Jinoyat protsessual kodeksining 221- moddasi tartibda ushlandi.
Jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Text to speech