26 Sentyabr 2022 yil 262

Bezorilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi

2022 yil 25 avgust kuni soat taxminan 23-40larda Nishon tumani Nuriston shaharchasida joylashgan “Olmos” nomli choyxonada fuqaro X.Z  va  fuqaro A.Mlar  o‘rtasida hech bir sababsiz o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan.

Aniqlanishicha, fuqaro X.Z o‘zining tanishlari N.SH, J.J  va B.Shlarni telefon orqali chaqirib, ko‘chada va sport zalida ushbu shaxslar bilan fuqaro A.M va Sh.Ini urib tanasini turli qismlariga tan shikasti yetkizishgan.

Xozirda mazkur holat yuzasida Nishon tuman IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  fuqarolar J.J, N.SH va B.Shlar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasiga asosan protsessual tartibda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.

Text to speech