24 May 2021 yil
561
Bekorchidan el bezor
Barcha noqonuniy ishlar aslida gʼirt bekorchilikdan kelib chiqishi hech kimga sir emas. Dehqonobod tumanining “Boʼston” MFYda yashovchi J.Sh. ham qilar ishining tayini yoʼqligidan hamqishlogʼiga ogʼir tan jarohati yetkazish jinoyatini sodir etgandi.
Berilgan ishonchni suiisteʼmol qilgan J.Sh. qonuniy jazoni oʼtash oʼrniga qochishni afzal bildi. Natijada bir aybi ikita boʼlib, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi. Dehqonobod tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida qochoq qoʼlga olindi va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʼllandi.