Bayram yuksak saviyada nishonlandi
1 oktyabr –Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan sohada uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar bilan tadbir tashkil etildi. Uni viloyat IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev ochib, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining barcha shaxsiy tarkibga yoʼllagan bayram tabrigini oʼqib eshittirdi hamda bir guruh soxa faxriylari IIV va IIBning esdalik sovgʼalari topshirildi. Boshqarma boshligʼi oʼz soʼzida dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Oʼqituvchilar va ustozlar esa hayotimiz charogʼbonlaridir. Kim boʼlmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar taʼlim va tarbiya berishgan.
Xalqimizda "Ustoz otangdek ulugʼ", degan soʼz bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan eʼzoz topsa, albatta buning bari ustozlar maslahati va serqirra tajribasi mahsuli. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning "Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʼusini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga yetkazish yoʼlidagi beqiyos xizmatlaringizni barcha ota-onalar, jamoatchiligimiz, butun xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi", —degan soʼzlari fikri-mizning yaqqol tasdigʼidir.
Faxriylarning yosh avlodga bilim berishdek murakkab, ammo sharafli mehnatini qadrlash va ularni eʼzozlash shogirdlarning muqaddas burchi.
Tadbir Qarshi shahridagi Hamro bobo choyxonasida bir piyola choy ustida davom etdi. Vohaning taniqli sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiqlar tadbirga oʼzgacha fayz bagʼishladi.