BАYRАM SНUKUHI
Qashqadaryo viloyat IIBda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali yigʼilish boʼlib oʼtdi. Uni boshqarma boshligʼi, polkovnik Shuhratjon Satvoldiev ochdi. Shundan soʼng boshqarma boshligʼi oʼrinbosari, polkovnik X. Bozorov Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining barcha shaxsiy tarkibga yoʼllagan bayram tabrigini oʼqib eshittirdi.
Bayram tadbirida boshqarma boshligʼi ichki ishlar idoralari xodimlarini Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlab, muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda mustahkam, zamonaviy va ixcham, tezkor milliy armiyamiz barpo etilgani, harbiy sohada amalga oshirib kelinayotgan islohotlar zamirida ham bosh mezon inson manfaati va el osoyishtaligini taʼminlash ekanligini taʼkidladi. Mamlakatimizda tinchlikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash, el osoyishtaligini koʼz qorachigʼidek asrash, huquqbuzarliklar, jinoyatlarning oldini olish va pinhona sodir etilganlarini izlar bosilmay fosh etish, jamoat tartibini saqlash yoʼlida yurt posbonlari va ichki ishlar idoralari xodimlari koʼrsatayotgan mardlik, jasorat iftixorga molik. Аlbatta, tinchlik va osuda turmushga zamin hozirlashda mardlik, jasorat va matonat namunalarini koʼrsatib, kezi kelganda jonini fido etayotgan yurt posbonlarining xizmatlari alohida eʼtirofga loyiq. Harbiylar bilan birga osoyishtalik posbonlarining yurt sarhadlarini, tinchlikni koʼz qorachigʼidek asrashdek mashaqqatli xizmati, zahmatli mehnatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib kelayotir. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 29 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 yanvarь kunidagi Farmoni bilan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazoni ijro etish boʼlimi 2-jazoni ijro etish koloniyasi boshligʼi podpolkovnik Аkmal Djalilov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari xizmatiga berilgan yuksak bahodir.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʼi bilan bir guruh xodimlarga “Аʼlo xizmatlari uchun”, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” I-II-III-darajali koʼkrak nishonlari, “Faxriy yorliq” va esdalik qoʼl soatlari tantanali ravishda topshirildi.
Bundan tashqari, koʼp yillardan buyon ichki ishlar organlari xodimlariga “Maʼrifat darsi”da uyushtirgan maʼruzalari uchun Qarshi davlat universiteti dotsenti Xosiyat Maxmanova IIVning buyrugʼiga asosan Oʼzbekiston Respubilkasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Tadbirda ichki ishlar organlarining turli sohalarida samarali xizmat qilgan bir guruh xodim va xodimalar nafaqaga kuzatilib, ularning yelkasiga toʼn yopildi.