“Baxtli ayol - barqaror jamiyat poydevori”
Shahrisabz pedagogika kollejida “Axborot manipulyatsiyasi: maqsad va oqibat” hamda “Baxtli ayol - barqaror jamiyat poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Shahrisabz tuman XDP deputati, Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi va tuman IIB JXX HPB hamda kollejning xotin-qiz pedagog va ishchi xodimlari ishtirokida etdi.
Tadbirda jamiyatda xotin-qizlarni ko‘llab-quvvatlash uchun olib borilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish haqida ma’lumotlar berildi.
Yig‘ilishda so‘z olgan Shahrisabz shahar IIB HPB XQMB katta inspektori mayor Moxigul Kenjayeva “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ekstremizm, ommaviy madaniyat kabi ma’naviy tahdidlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar , jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissi bilan yashash, shukronalik tuyg‘usini yoshlar ongiga singdirish, “Inson qadri uchun” tamoyilining tub mohiyatini anglash yuzasidan ishtirokchilarga tushuncha berdi.