21 Noyabr 2022 yil 855

BARCHANING INSONIY BURCHI. 

 

Shahrisabz tuman xalq  ta’limi bo‘limiga qarashli 2-umumta’lim maktabida  “Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni kelib chiqish sabab va sharoitlari” mavzusida o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Shahrisabz tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik Yashin Xudoyberdiyev ishtirok etib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalarning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun birqator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinganini bildirdi. Ayniqsa, keyini yillarda turli “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi salbiy odatlar, axborot xurujlari ana shular jumlasidan.

O‘zbekiston Respublikasining  2017 yil 8 sentabrdagi “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotganini ta’kidladi. Qonunda bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot jumlasiga bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan, shuningdek muayyan yosh toifalaridagi bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsuloti kiradi. Bolalarni ularning hayotiga va sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishga, o‘z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ‘ib qilishga, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari bilan shug‘ullanish istagini paydo qiladigan, odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud zo‘ravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan, g‘ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan, jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga chaqiradigan, uyatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan, pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborotlarni tarqatganlik uchun qonunda javobgarlik belgilangani haqida ishtirokchilarga tushunchalar berdi.

Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini belgilash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar va  tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan, yetti yoshga to‘lmagan bolalar uchun axborot mahsuloti toifasi belgisi «0+» yozuvini aks ettirishi kerak. Yetti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsulotiga «7+», o‘n ikki yoshga to‘lgan bolalar uchun «12+», o‘n olti yoshga to‘lgan bolalar uchun «16+», bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti «18+» yozuvini aks ettirishi kerak.

Yurtimizda bolalarni sog‘ligi, ongi va tafakkuriga zarar yetkazuvchi axborot xurujlaridan himoyalash, uni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar uzluksiz amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlar uzluksiz davom ettirilib, davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilyapti.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish-butun jamiyatning vazifasidir. Shu bois, yoshlar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish faqat huquq-tartibot organlari, ta’lim tizimi vakillari  va ota-onalar balki, barchamizning insoniy burchimizdir.

Text to speech