BАNKАDАGI MАRIXUАNА
Tibbiyotda kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan gap bor. Darhaqiqat, qonunbuzarlik holati ham pinhona sodir etilib va qancha yashirilmasin baribir oshkor boʼladi. Jumladan, 2020 yil 31 oktyabrь kuni soat 13:20 larda tuman IIB JQB tezkor vakili kapitan J.Muqimov va HPB TP profilaktika katta inspektori mayor N.Musaev tomonidan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida oʼtkazilgan tezkor tadbirda yana bir ogʼu shaydosi aniqlandi. Yakkabogʼ tumani “Mevazor” MFY yashovchi, yetmish yoshli nafaqaxoʼr U. M. yashash uyi yertoʼlasida har biri alohida-alohida qilib qadoqlangan holatdagi ikki dona, 3 litr hajmdagi shisha bankalarga va 4 dona, qora rangli selofan paketlarga joylangan 1832,3 gramm koʼp miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan ekan. Bu kamlik qilgandek, qariya 26,6 gramm miqdordagi “Kannabis” oʼsimligi urugʼlarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Holat yuzasidan Yakkabogʼ tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov haraktlari olib borilmoqda.