15 Yanvar 2025 yil 454

Bayram munosib nishonlandi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33 hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIBda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda boshqarma rahbariyati, sohaviy xizmatlar boshliqlari, faxriylar, shaxsiy tarkib va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari xodimlari taklif etildi. Tantanali tadbirni viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining soha vakillariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

So‘ngra, ichki ishlar organlari tizimlarida samarali xizmat qilib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh viloyat ichki ishlar organlari xodimlariga IIVning yuksak mukofotlari topshirildi. Jumladan, Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga binoan bir guruh xodimlariga “A’lo xizmatlari uchun”, I-II-III-darajali “Benuqson xizmatlari uchun” hamda sohada xizmat qilayotgan xotin-qizlarga “To‘maris” ko‘krak nishonlari hamda “Faxriy yorliq”, kitoblar to‘plami, pul mukofotlari, rag‘batlantirish tariqasida maxsus unvonlar, faxriylarga esa “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni, qo‘l soati tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech