10 May 2024 yil 658

“Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi 2-sonli Maxsus qabulxonada Shaxrisabz shaxar kambag‘alikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada dastlab, jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga har kim o‘z hissasini qo‘shishi, Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar o‘zlariga ma’qul kelgan ish tanlab, kelgusida hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish yuzasidan tushunchalar berildi. So‘ngra, ularga Bandlikka ko‘maklashuvchi ma’sul xodimlar bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berishdi. 

Bundan tashqari, Maxsus qabulxona saqlanayotgan shaxslarningi huquqiy bilimlarini hamda ma’naviy-ma’rifiy savodxonligini oshirish maqsadida kun davomida kutubxonada kitobxonlik ishlari tashkil etilgan.

Shuningdek ularda jamiyatga, oilaga va vatanga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirish, kelgusida ularni qayta huquqbuzarliklar sodir etmasliklari hamda hozirda mamlakatimizda va dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalar bo‘yicha Maxsus qabulxona ma’sul xodimlari tomonidan doimiy ravishda  profilaktik va targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Text to speech