18 Aprel 2024 yil 155

“AJDODLAR IZIDAN”

Mamlakatimizda ichki ishlar organlari xodimlari, yosh harbiy xizmatchilar va kursantlarning milliy davlatchiligimizning vujudga kelishi va taraqqiy topgan davrlarda harbiy sohada erishilgan yutuqlari, shon-shuhratini tarixiy dalillar asosida zamondoshlar ongi-xotirasida mustahkamlash borasida keng qarovli ishlar amalga oshirilmoqda. Imkon qadar keng ommaga, ayniqsa, yosh avlodning dunyoqarashi, qalbida milliy qadriyatlar ruhi, millat tamadduniga daxldorlik, ona-Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg‘usini har tomonlama kuchaytirish, buyuk sarkardalarimiz meros qilib qoldirgan boy jang san’ati sirlarini o‘rganish maqsadida bir qator kitobxonlik va intellektual tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyati IIB tizimlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning kitob o‘qish va kitobxonlik salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Ajdodlar izidan” nomli intellektual tanlov o‘tkazildi.
Tadbirni boshqarma MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Shermuxammad Muslimov ochdi va ishtirokchilarga omad tiladi.
“Temur tuzuklari”, “Ufq”, “Xo‘jand qal’asi”, “Ulug‘bek xazinasi” kabi ilmiy va adabiy tarixiy kitoblar bo‘yicha o‘tkazilgan savol-javoblar bahs va munozaralarga boy kechdi. o‘tkazildi.
Intellektual o‘yini natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Sohibqiron jamoasi, 2-o‘rinni Ulug‘bek vorislari jamoasi, 3-o‘rinni Bobur izdoshlari jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar boshqarma rahbariyatining diplomi va qimmmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech