“Ayolning jamiyatdagi o‘rni”
Yakkabog‘ tumanida hokimlik, ichki ishlar organlari, Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘limi, bandlikni ta’minlash markazi, Ma’naviyat bo‘limi, Salomatlik markazi bilan hamkorlikda “Ayolning jamiyatdagi o‘rni” mavzusida seminar-trening uyushtirildi. Uyushmagan va tuman ichki ishlar bo‘limi Probatsiya xizmati hisobida turadigan xotin-qizlar ishtirok etgan yig‘ilishda ayollarning gender tengligi va bandligini ta’minlash, ularning psixologiyasidagi atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlarni ijobiy tomonga o‘zgartirish xususida fikr yuritildi. tadbirlar
Qolaversa tuman ichki ishlar bo‘limi Probatsiya hisobida turgan xotin-qizlarning o‘zini jamiyatdan ajralgandek his qilish, oilada va jamiyatda hali-hanuz o‘rnini topish yoki aksincha hamma narsaga befarqlik borasidagi o‘y-fikrlari ochiq muhokama qilindi. Ishtirokchilarga oila – jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi, ayol ham shu jamiyatning bir bo‘lagi ekanligi misollar asosida tushuntirildi.
Ushbu tadbirdan asosiy ko‘zlangan maqsad-ayollarning jamiyatdagi faolligi va ish unumdorligi, ruhiy barqarorligini yanada oshirishdir. Seminar yakunida xotin-qizlarning yuz-ko‘zida jamiyatdagi o‘rni va o‘ziga bo‘lgan ishonch oshganligi sezildi.
Kelgusida bu kabi noan’anaviy seminar-treninglar yana o‘tkazilishiga kelishib olindi.