4 Iyul 2022 yil 377

Aybiga iqror aybdor

     Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Qoradori-2022” maxsus tezkor-profilaktik tadbiri davomida, Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-curishtiruv ishlari jarayonida Kitob tumani “Beshterak” MFYda yashovchi fuqaro M.A.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jalik xonalari ko‘zdan kechirilganda, qurilishi tugallanmagan binoning xonasida jami 3 (uch) tup, giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlandi.

      Shuningdek, fuqaro M.A. yashash xonadoni oshxonasi derazasida joylashgan sandiq ichida 2(ikki) dona “SPICHKI” yozuvli gugurt qutisiga solingan marixuana hujjatlashtirib olindi.

        Xozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech