Аvval xabar berganimizdek, shu yilning 10 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Muborak va Kasbi tumanlarida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari tomonidan sayyor qabul oʼtkazildi.
Qabul jarayonida virtual va xalq qabulxonalariga murojaat etgan hamda sayyor qabullar va ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor boʼlgan jami 84 nafar fuqarolar bilan ochiq muloqot oʼtkazildi. Qabulda ishtirok etgan fuqarolardan 36 tasining murojaati tinglandi.
Har ikkala tumanda bevosita ochiq muloqot ruhida oʼtkazilgan qabul jarayonida muammolarning 19 tasi ijobiy hal etildi. Qoʼshimcha oʼrganish talab etiladigan 9 ta murojaatlar koʼrib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi. Qolgan 8 ta murojaat boʼyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda Muborak tumanida yashovchi Baxtiyor Toshnazarov, Shahboz Norbozorov, Shoxmalik Аxmedov va Аsadbek Choʼliboevlarga biometrik pasportlar topshirildi.
Tadbirda ichki ishlar organlariga ishga kirish istagini bildirgan Kasbi tumanida yashovchi Qilichbek Berdiev, Sardor Kattaev, Xusniddin Berdiev, Jasur Xaydarov va Bunyod Qudratovlar IIOga ishga qabul qilindi.