Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahrida “Namunali patrul-post xizmati xodimi” va “Namunali patrul-post xizmati qism komandiri” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahrida “Namunali patrul-post xizmati xodimi” va “Namunali patrul-post xizmati qism komandiri” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada dastlab viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni tirida jangovar tayyorgarlik sinovlarida ishtirokchilar tabel qurolidan o‘q otib, merganlik mahoratlarini namoyish etishdi.
So‘ngra, Qarshi olimpiya va paralimpiya maktabida sportning qo‘l jangi va “Geolog” o‘yingohida 50 metrga suzish bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishdi.
Qarshi shahridagi harbiy qism saf maydonida esa ishtirokchilarning saf tayyorgarligi va elementlarini bajarish jarayonlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Ikkinchi kuni sport to‘sinida tortilish bahslariga start berilib, ishtirokchilar g‘oliblik uchun bor mahorat va tajribalarini ishga solishdi.
“Geolog” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan 100 va 3000 metr masofaga yugurish bahslarida epchillar va chaqqonlar marraga birinchi bo‘lib yetib kelishdi.
Yakunda ishtirokchilar Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida kasbiy va jangovar sohadagi bilimlari bo‘yicha test sinovlari topshrishdi.