13 Fevral 2024 yil 476

Аvval xabar berganimizdek, Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximovning Qashqadaryo viloyati boʼylab oʼrganishlari davom etmoqda

Vazir oʼrinbosari kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etishning ahvoli, jamoat tartinibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʼrganish va amaliy yordam koʼrsatish maqsadida Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida boʼldi.

Vazir oʼrinbosari tuman IIBda navbatchilik qismida kunlik xabarlarni qabul qilish, hududdagi kriminogen vaziyat barqarorligi nazorati, tergov tezkor guruhining shayligini koʼzdan kechirib, xizmat vazifasi yuzasidan savol-javoblar oʼtkazdi. Navbatchilik qismida aloqa vositalari, integratsiya qilingan videokamerlarning ish jarayonlari, navbatchilar dam olish, ovqatlanish xonasi, maxsus vositalarni saqlash xonalarini koʼzdan kechirdi. Oʼrganishlar jarayonida masʼullarga bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan yoʼriqnomalar berdi.

 “Qamashi” mahalla fuqarolar yigʼinida boʼlgan general-mayor Baxodir Mirzaraximov yettilik bilan osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatlarni oldini olish, fuqarolarning kundalik va maishiy muammolarini hal etish, bandligini taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishib, ularga faoliyat davomida eʼtibor qaratish lozim boʼlgan holatlar, “Ijtimoiy profilaktika”ni kuchaytirish, yoshlar bandligini taʼminlash borasida tegishli tavsiya va takliflar berdi.

Vazir oʼrinbosarining viloyat boʼylab oʼrganishlari davom etmoqda.

Text to speech