5 Fevral 2023 yil 577

Avtomobil ehtiyot qismlarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Yakkabog‘ tumanida yashovchi M.J ariza bilan murojaat qilib, 2023 yil 17 yanvar kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar “Lasetti” rusumli, avtomashinasining 1 dona orqa chap shinasi va diskasini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Bundan tashqari, Shahrisabz shahar “Kamolot” MFYda yashovchi A.A. ham 2023 yil 1 fevral kuni ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs yashash uyi yonida turgan “Kobalt” rusumli avtomashinasining 4 dona shinasi va diskasini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Chiroqchi tumani “Navro‘z” MFYda yashovchilar O.A. va M.Hhamda Chiroqchi tumani Jar mahallasida yashovchi R.G‘. sodir etganligi aniqlangan.

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech