АVTOMАSНINАNI JАRIMА MАYDONIDАN CНIQАRIB BERАMАN
Ish yuzasidan Chiroqchi tumanidan oʼrtogʼi S.M. bilan Qarshi shahriga kelgan А.X. qoidabuzarlik sodir etgani uchun avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirildi. Bundan koʼngli xunob boʼlgan А.X. sherigi S.M. bilan chora qidirib, Qarshi shahar “Qarluqxona” MFYda yashovchi S.R.ni topdi. S.R. А.X. va S.M. ga avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berishga yordam berishini, faqat 6.000.000 soʼm pul kerakligini bildiradi.
Bunday “jarima”dan xunobi oshgan А.X. va S.M. SVOJJDLQKB Departamenti viloyat boʼlimiga ariza berdi. S.M. ning arizasiga asosan oʼtkazilgan tadbirda u “Ramshid” ismli fuqaro bilan Qarshi shahridagi “Yashil bozor” oldida uchrashib, pulni unga berganida, “Ramshid” pulni olmaydi. Bu ishni Koson tumani “Mudin” MFYda T.P. orqali hal qilib berishini aytadi. Shundan soʼng, T.P. 6.000.000 soʼmni Qarshi shahar “Jayxun” koʼchasidagi avtomobillar yuvish joyida olib, oradan 30 daqiqalar oʼtganidan keyin S.R. ga telefon qilib, ish hal boʼlganligini, dushanba kuni mashina va hujjatlarini olib berishini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan firibgarlik jinoyati boʼyicha jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov haraktlari olib borilmoqda.