23 May 2023 yil 298

Avtomashinadan topilgan marixuana

Mamlakatimizda fuqarolarning haq-huquqlarini va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, yoshlar va xotin-qizlar ilm olishi, sport bilan shugʻullanishi, kasb-hunar egallashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yaratilayotgan imkoniyatlar va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarga qaramay ayrim yoshlar va hatto xotin-qizlar ham giyohvandlik domiga tushib qolmoqda. Jumladan, 2023 yil 20 may kuni taxminan soat 18:00 larda Qarshi tumani “Lagʻmon” MFYda yashovchi B.N. boshqaruvida boʻlgan avtomashinani Qarshi shahar boʻylab boshqarib yurgan vaqtida viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan toʻxtatildi.

Avtomashina oʻtkazilayotgan “Qoradori-2023” maxsus tezkor profilaktik tadbiri doirasida viloyat IIB TQX JQB xodimlari tomonidan koʻzdan kechirilganda orqa oʻrindiqda turgan B.N.ga tegishli boʻlgan qora rangli sumka ichida 6 dona “Spichki” yozuvli gugurt quti ichiga joylangan marixuana giyohvandlik vositasi topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Marixuana taroziga qoʻyilganda 15.1 gramm tosh bosdi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Text to speech