6 Iyun 2020 yil 794

Аvtomashina olib beraman degan firibgar qoʼlga olindi

Qarshi tumani Mullaquvat qishlogʼida yashovchi P.U ariza bilan murojaat qilib, arizasida, 2019 yid 09 noyabrь va 2020 yil 24 fevral kunlari Qarshi shahrida yashovchi F.J uni ishonchiga kirib, unga “Lion motors” MChJ orqali 2 dona Damas rusumli avtomashina olib beraman deb, avtomashinalarni har biri uchun 54.000.000 soʼmdan jami 108.000.000 soʼm naqd pullarini olib, bu pullarini olganligi toʼgʼrisida qalbaki kvitantsiya toʼldirib berib, undan olgan pullarini oʼzining ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini bildirgan. Qarshi shahar 1-sonli IIB TB tomonidan J.F.ga nisbatan Oʼz.R JKning 168-m. 3-q “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech