2 Oktyabr 2021 yil 595

Аvlodlar uchrashuvi kelajak poydevori


IIVga qarashli 7533- harbiy qism 4- batalьonida 1 oktabr -Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan "Yosh avlod oʼz sohasining yetuk mutaxassisi boʼlib yetishishi va hayotda oʼz oʼrnini topishida ustoz va murabbiylarning roli” mavzusida uch avlod uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Unda Koson tumani Mudofaa ishlari boʼlimi, tumandagi umumtaʼlim maktablarining oʼqituvchi va oʼquvchilari va 7533-harbiy qism 4-batalьon harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʼzga chiqqan Koson tuman MIB boshligʼi podpolkovnik Sh.Eshonqulov oʼrta va yosh avlodga harbiy xizmat haqida gapirib, Yangi Oʼzbekistonda ishlash, tadbirkorlik qilish, oʼqish istagidagi har bir insonga yaratilayotgan imkoniyatlarni taʼkidlab oʼtdi. Yoshlar ushbu imkoniyatlar qadriga yetishi va ulardan unumli foydalanish zarur.
Shuningdek, tadbirda oʼrta avlod vakillari oʼzlari erishgan yutuqlar, amalga oshirayotgan ishlari haqida soʼzlab, bu kabi tadbirlar koʼplab tashkil qilinsa, foydadan xoli boʼlmasligini, keksa avlod vakillarining ibratli soʼzlari jonli maktab vazifasini oʼtashini bildirishdi. Soʼngra, yoshlar kelajakda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish uchun yanada chuqur va mustahkam bilim olish zarurligini taʼkidlashdi.
Yakunda harbiy oʼquv qurollari va asboblari bilan yaqindan tanishgan yoshlar harbiy qism jangovar boʼlinmasi xodimlarining chiqishini tomosha qilishdi.

Text to speech