9 Yanvar 2023 yil 239

Avlodlar tajribasi – ibrat maktabi

Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “ Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, boshqarma “Faxriylar kengashi”,  Shahrisabz shahar va Kitob, Yakkabog‘  Shahrisabz tumanlari ichki ishlar bo‘limlarida xizmat qilayotgan xodimlar va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar ichki ishlar organlari xodimlarida Vatanparvarlik, yurtga kasbga  sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, kasbiy jangovarligini oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish xususida fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ushbu jarayonda yoshlarni Vatanga, kasbga sadoqat, yurtga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning bu boradagi bilim va tajribalarini oshirish, favqulodda va qaltis vaziyatlarda to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qilishi borasida faxriylar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. 

Uchrashuvda shaxsiy tarkibning ma’naviy-ma’rifiy bilimini oshirib borish xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, xizmatda xushmuomalalik  bo‘lishi xususida ham tegishli taklif va tavsiyalar  berildi.

Bu boradagi ishlar joylarda davom ettirilmoqda.

Text to speech