Аtrof – muhit musaffoligi uchun
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining davlat inspektorlari hamda viloyat IIB PPX va JTSB xodimlari bilan hamkorlikda ekologiya sohasiga oid bir qator qonunbuzilish holatlarini oldini olish boʼyicha viloyat hududlari boʼylab kunduzgi va tungi kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlari oʼtkazilmoqda.
Jumladan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Gʼuzor tuman nazorat inspektsiyasi inspektorlari hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda hududda navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri oʼtkazildi. Nazorat tadbiri davomida tumanning “Xoʼjaguzar” MFY hududida fuqaro B.O tomondan noqonuniy ravishda turli xil turdagi chiqindilarni yoqqanlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning
88-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylshtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida jarima qoʼllandi.
Аyni damlarda viloyat Ekologiya boshqarmasining Nishon va Mirishkor tuman nazorat inspektsiyasi va viloyat IIB PPX va JTSB xodimlari bilan hamkorlikda ekologiya sohasiga oid bir qator qonunbuzilish holatlarini oldini olish boʼyicha shahar va tuman hududlari boʼylab kunduzgi va tungi kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlari oʼtkazilmoqda.