4 May 2024 yil
598
“Qatag‘on qurbonlari” muzeyida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyati ichki
ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari va tarkibiy bo‘limlari shaxsiy
tarkibining navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” Qarshi shahridagi
“Qatag‘on qurbonlari” tarixiy muzeyida bo‘lib o‘tdi. Muzeyda ichki ishlar
organlari xodimlari xalqimiz mustaqilligiga erishish yo‘lida mardonavor
kurashgan buyuk bobokolonlarimiz va ajdodlarimiz hayoti va faoliyati, Turkiston
o‘lkasida mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash olib borgan Vatan
o‘g‘lonlari va qatag‘on qurbonlari taqdiri aks etgan noyob tarixiy
fotosuratlar, xaritalar, ashyolar va boshqa manbalardagi ma’lumotlardan
bahramand bo‘lishdi.
Xodimlar u yerga qo‘yilgan
eksponatlar bilan yaqindan tanishib, majmua haqidagi bilimlarini boyitdilar.