7 Dekabr 2024 yil 1031

Asosiy qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etilmoqda

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bu yil yurtimizda ushbu qutlug‘ sananing 32 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan viloyat Ichki ishlar  boshqarmasi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi  hamkorligida Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Shuningdek, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!" degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanayotganligini ta’kidlab, Yangi O‘zbekiston hayotining turli sohalarida izchil davom etayotgan keng ko‘lamli va shiddatli islohotlar natijalarini mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning o‘rni va ahamiyati beqiyosligini alohida e’tirof etdi.

Shundan so‘ng, maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Text to speech