30 Aprel 2022 yil 629

Hаshаr – elgа yarаshаr

Hukumat farmoyishiga koʼra, mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari boʼlib oʼtmoqda. Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan “Mahalla obodligi — yurt farovonligi” shiori ostida boʼlib oʼtayotgan umumxalq xayriya hasharida viloyat ichki ishlar boshqarmasi soha xizmatlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xayriya hasharida ichki ishlar organlari xodimlari bino atrofidagi manzarali va mevali daraxtlarga hamda gul koʼchatlariga shakl berildi. Umumxalq xayriya hashari davomida maʼmuriy bino atrofi va hovlisidagi daraxtlar hamda ichki yoʼlaklar atrofi oqlandi.

Ozodalik, poklik, saranjomlik bor joyda baraka boʼladi. Qolaversa sarishtali joylar yanada koʼrkam boʼladi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hasharning oʼrni muhim.

Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Text to speech