23 Avgust 2022 yil 303

Qashqadaryolik Komronbek Xasanov “FIDOKOR YOSHLAR” tanlovi mintaqaviy bosqich g‘olibi

Qarshi davlat universitetida huquq-tartibot organlariga yosh kadrlarni shakllantirish va ularda Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2022 yil 30 aprel kunidagi Qo‘shma qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida eng faol “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi a’zosi ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatida g‘olib bo‘lgan yoshlar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar turnikka tortilish, 100 va 3000 metrga yugurish hamda “Vatan taraqqiyotiga mening hissam”, “Korrupsiya kelajakka tahdid”, “Vatanga xizmat qilish buyuk maqsadim” mavzulari bo‘yicha inosholar yozishdi.

O‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichida barcha shartlarni a’lo darajada bajargan Samarqand viloyati vakili Sherxon Ortiqov 3-o‘rinni, Jizzax viloyati vakili Shoxrux Abdisattorov 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyati vakili Kamronbek Xasanov egalladi.

G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ko‘rik-tanlovning mutlaq g‘olibi - Qashqadaryo viloyati vakili Kamronbek Xasanov musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etadi.

Text to speech